2009 yil 7 may kuni “O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent telegraf-telefon stantciyasi” filiali O’ZDSt ISO 9001:2002 (ISO 9001:2000) seriyasidagi xalqaro standartlari talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimiga mos keladigan Sertifikatni oldi.
Sifat menejmenti tizimi – sifatga mos holda rahbarlik va tashkilot boshqaruvi uchun tizim boshqaruvidir (ISO 9000).
2006 yilda filial rahbari tomonidan ISO 9000:2000 seriyasidagi xalqaro standartlari bazasi asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish haqidagi qaror qabul qilingan. Ko’rsatib o’tish kerakki, sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda maslahatchilarni jalb qilmagan holda filial jamoasi tomonidan mustaqil amalga oshirilgan bo’lib, joriy qilingan tizimning ijobiy omillaridan biri bo’lib qoldi. Aynan, sifat menejmenti tizimi filialning ishlab chiqarish faoliyatiga to’liq moslashgan va soha me’yoriy hujjatlarining talablari bilan kelishilgan. Hujjatlar asosida korxona standartlari kabi rasmiylashtirilgan, filialning bajariladigan ish tartibi va jarayonlari mustaqil alohida barqaror omillarga qaramasdan, qo’llanilayotgan menejment metodiga (usuliga) ko’ra, tarkibiy bo’linmalarga sifat bo’yicha maqsadli yo’nalishga ega bo’lishga yordam beradi.
Ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimi filialda barcha jarayonlarning doimiy yaxshilanishi va rivojlanishi uchun quyidagi maqsadlar bilan asos hisoblanadi:
- taqdim qilinayotgan xizmatlardan buyurtmachilar talablarining qondirilishini doimiy oshirib borish;
- tarkibiy bo’linmalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yaxshilash, bitta jarayonda ishtirok etadigan turli bo’linmalarning javobgarligini (ma’suliyatini) aniqlash;
- xodimlar bilan ishni yaxshilash;
- filialda nomunosiblikni erta aniqlash va tuzatish, hamda uni o’z vaqtida bartaraf etish tizimini o’rnatish;
- hujjatlar va yozuvlar bilan ishni yaxshilash va jarayon yondashuvini qo’llash yo’li orqali filial faoliyatining muvaffaqiyatga erishishi.
“O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasida “ToshTTS” filiali sifat menejmenti tizimiga mos keladigan Sertifikatni olgan birinchi filial bo’ldi.
Sertifikat O’zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo’yicha Davlat komissiyasining raisi o’rinbosari A.R.Gataulina tomonidan filial rahbariga tantanali ravishda topshirildi.
|